O'zbekiston

Bu yil 150-200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etish rejalashtirilgan

Orol dengizi tubida cho‘lga chidamli o‘simliklar ekish boshlandi.

Bu yil 150-200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etish rejalashtirilgan

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi agentligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Ekofaol yoshlar tomonidan Orol dengizi tubida saksovul ekish ishlari boshlandi.

 

 

“Bu yil tuzli va qumli shamollar hosil bo‘ladigan eng zaif joylarda yashil maydonlar yaratishni rejalashtirganmiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev 100 ming gektar maydonda qo‘riqlanadigan o‘rmonzorlar barpo etish vazifasini qo‘ydi. Biz 150-200 ming gektar maydonga daraxt ekishni maqsad qilganmiz. Davlat rahbari qum va chang bo‘ronlari masalasini shaxsan nazorat qiladi va hozirda mamlakatda bu muammoga qarshi samarali kurash olib borilmoqda. Bu muammoni hal etishda o‘rmon pitomniklarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Joriy yilda 150 gektar maydonda pitomniklar yaratish, u yerda saksovul, cherkez, qandim kabi cho‘l o‘simliklarini yetishtirish ko‘zda tutilgan”, — deydi O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi ilmiy-tadqiqot instituti akademigi, loyiha rahbari Zinoviy Novitskiy.

 

Maʼlumot uchun, davlatimiz rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, 2018-2023 yillar davomida har yili viloyatlardan kelgan yordamchilar, O‘rmon xo‘jaligi agentligi va mahalliy fuqarolar ishtirokida ko‘plab maydonlarga cho‘l o‘simliklari ekildi. O‘tgan 5 yil davomida Orol dengizi tubida 1 millon 730 ming gektar o‘rmonzor barpo etildi, yaʼni 17 ming km kvadrat maydon ko‘kalamzorlashtirildi.

 

 

2024 yilda jami 150-200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo qilish rejalashtirilgan. Bugungi kungacha o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 192,63 tonna cho‘l o‘simliklari urug‘lari, jumladan, 71,96 tonna saksovul, 120,67 tonna qorabaroq cho‘l o‘simliklari terilib, ekishga tayyorlandi. Shuningdek, 2,7 ming gektar maydonda saksovul, qandim, cherkes kabi cho‘lga chidamli o‘simliklarning urug‘ hamda ko‘chatlari ekilmoqda.

 

Avvalroq Mo‘ynoq tumani hamda Orolbo‘yi hududiga 350 tup cherkez va qandim o‘simliklari ekilgandi.

 

Maqsad "Yashil qoplamalar" — himoya o‘rmonlarini yaratish, hududdagi ekologik holatni yaxshilash, zararli tuz va changlar ko‘tarilishining oldini olishdir.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bu yil 150-200 ming gektar maydonda o‘rmonzorlar barpo etish rejalashtirilgan | Zamon.uz