Bugun Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qiladi
Jozep Borrel boshchiligidagi kengash Bryusselda yig‘iladi.

YIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili J.Borrel boshchiligida Yevropa Ittifoqiga aʼzo 27 davlat tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishni mahalliy vaqt bilan soat 09:30 da boshlashi rejalashtirilmoqda.
Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni, jumladan, joylardagi va umuman mintaqadagi voqealarni muhokama qiladi. YEI vazirlari yig‘ilishda ishtirok etadigan BMTning G‘azodagi gumanitar yordam va qayta qurish bo‘yicha katta koordinatori Sigrid Kaag bilan ham norasmiy fikr almashishadi.
Bundan tashqari, yevropalik diplomatlar Ukrainadagi vaziyatni muhokama qiladi. Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba o‘z hamkasblari bilan videoaloqa orqali bog‘lanadi.
Tashqi ishlar kengashi Saheldagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi va uning mintaqa bilan aloqalarini muhokama qiladi.
Kengash boshlanishidan oldin Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Rafael Mariano Grossi bilan nonushta ustida norasmiy uchrashuv o‘tkazadi.







