Misr Isroilning harakatlari yuzasidan Xalqaro sudga nota yuboradi
Bu haqda Al Qahera News xabar berdi.

“Misr Xalqaro sudga Isroilning bosib olingan hududlardagi harakatlari yuzasidan nota yuboradi”, — deb yozadi nashr.
Misr o‘z ishini 21 fevral kuni taqdim etadi.
Avvalroq Misr rasmiylari, agar Isroil G‘azoning Rafah shahriga hujum qilsa, 1978 yilgi Kemp-Devid kelishuvi, yaʼni Isroil — Misr tinchlik kelishuvi bekor qilinishi mumkinligini aytgan edi.







