"Vashington Kiyevga harbiy yordamni bepul emas, kreditga berishi kerak"
Amerikalik senator Ukrainada juda ko‘p foydali qazilmalar mavjudligi va AQSH davlat qarzi oshib ketganini aytdi.

"Vashington Kiyevga harbiy yordamni bepul emas, kreditga berishi kerak, chunki Ukrainada juda ko‘p foydali qazilmalar mavjud va AQSH davlat qarzi allaqachon 34 trillion dollardan oshib ketgan", — amerikalik senator Lindsi Grem.
"Yevropaliklar Ukrainaga 50 milliard dollardan 33 milliard dollarini qarzga berishdi. Keling, biz ham yordamni kreditga aylantiraylik", — deya taʼkidladi u Amerikaning Kiyevga harbiy yordami haqida gapirar ekan.
Gremning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Isroil va Tayvanga bir xil shartlarda yordam berishi kerak.







