O'zbekiston

Vazir o‘rinbosari aholi murojaatini o‘rganishga chiqdi

Ozoda Jo‘rayeva aholining issiqlik taʼminoti bilan bog‘liq murojaatiga asosan Chilonzor tumani 7-mavzeda bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari aholi murojaatini o‘rganishga chiqdi

 

Mazkur mavzedagi 50 ta ko‘p qavatli uylarga hududda tashkil etilgan 1-sonli konsentratsion issiqlik-elektr markazi orqali issiqlik energiyasi yetkazilib beriladi.

 

Toshkent shahrida kuzatilgan sovuq ob-havo sharoitida gaz bosimining pasayishi ko‘p qavatli uylarning issiqlik taʼminotiga salbiy taʼsir o‘tkazgan.

 

 

Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi Bahodir Jo‘rayev hamda hokimlik masʼullari holatni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. Issiqlik-elektr markazining barcha uskunalari soz holatda.

 

Hozirda gaz bosimi ko‘tarildi va ko‘p kvartirali uylarga issiqlik energiyasi belgilangan tartibda uzatilmoqda.

 

 

Ozoda Jo‘rayeva mazkur hududdagi ko‘p kvartirali uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Bog‘iston” BSK faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yana-da yaxshilash, boshqaruv tashkiloti binosini zarur talablar asosida saqlash bo‘yicha topshiriqlar belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Vazir o‘rinbosari aholi murojaatini o‘rganishga chiqdi | Zamon.uz