“Yallama” chegara bojxona postida salkam 1 milliard so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi
Bu haqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar berdi.

“Yallama” chegara bojxona post orqali yurtimizda faoliyat olib borayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatining nomiga olib kelingan tovarlar yuklangan “Volvo” rusumli bo‘lgan avtotransport vositasi o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi natijasida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 950 million so‘mlik har xil turdagi tovarlar borligi aniqlandi.


Eslatib o‘tamiz, jismoniy va yuridik shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarni belgilangan meʼyorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.







