O'zbekiston

IT taʼlim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligida tashkil etilgan forum malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish, yoshlar va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlandi.

IT taʼlim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi

 

Tadbirda raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, IT-taʼlimni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilab berilgan vazifalar va qarorlar ijrosini taʼminlash borasida kerakli maʼlumotlar berib o‘tdi.  

 

Xabaringiz bor, “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024 yil 1 fevraldagi Prezident qaroriga asosan “IT-Talents” dasturi joriy etilgan edi.  

 

 

Mazkur forumda yuqoridagi qarorning ijro mexanizmi haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.  

 

“IT Talents” dasturi — IT-Park rezidenti bo‘lgan IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab beruvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish hamda kengaytirishni rag‘batlantirishga qaratilgan loyiha hisoblanadi.  

 

 

Yuqoridagi qarorga asosan, 2024 yil 1 martdan boshlab nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.  

 

Ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etiladi.  

 

 

Forum davomida bugungi kunda o‘quv markazlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, IT-eksport kompaniyalarning mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoji hamda IT-kurslarga bo‘lgan talablar, shuningdek, biznesni rivojlantirishga doir foydali maʼlumotlar taqdim etildi.  

 

Shuningdek, tadbir davomida IT-xizmatlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyalarning soha mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoji va talablari hamda IT-sohasidagi o‘quv markazlarida sifatli kadrlar tayyorlash to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.  

 

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

IT taʼlim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash muhokama qilindi | Zamon.uz