O'zbekiston

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar va Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida uy sharoitida qalbaki pul tayyorlash va ularni muomalaga kiritish bilan shug‘ullangan shaxs fosh etildi.

 

Aniqlanishicha, Asaka tumanida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan fuqaro 100 va 200 ming so‘mlik qalbaki banknotlardan iborat jami 297 mln so‘mlik pullarni shartli xaridorga 148 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Natijada uyda qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan kompyuter, “Epson” rusumli printer, A4 hajmdagi maxsus qog‘ozlarga chop etilgan yarim tayyor 50 va 100 ming so‘mlik kupyuralar hamda qog‘oz kesuvchi uskunalar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

 

Holat yuzasidan DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi tomonidan mazkur fuqaro va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov doirasida gumonlanuvchining jinoiy aloqalarini aniqlash hamda ishga aloqador boshqa holatlarga huquqiy baho berish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Sharʼiy nikohdan keyingi zo‘ravonlik: Olmazorda voyaga yetmagan qiz himoyaga olindi

Erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilib, unga tan jarohati yetkazgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.