O'zbekiston

“O‘zbekiston madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan hayratdaman”

Dynamic Travel hammuassisi Toshkentga tashrif buyurdi.

“O‘zbekiston madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan hayratdaman”

 

WOSCU ofisiga O‘zbekistonning Xitoydagi sayyohlik salohiyati vakili Ella Lyu Jingven va Dynamic Travel hammuassisi Burxan Avchi tashrif buyurishdi. Uchrashuv Eriell Group neft-servis kompaniyasi tashabbusi va ko‘magida tashkil etildi.

 

Ella Lyu Jingven va Burxon Avchi WOSCU loyihalari bilan tanishib, Butunjahon jamiyatining Janubiy Koreya va Xitoy Respublikasi muzeylari va kutubxonalari bilan kelgusidagi hamkorligini muhokama qildilar.

 

“O‘zbekistonning madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan chin dildan hayratdaman va WOSCU tomonidan o‘z ajdodlarining milliy xotirasi va yutuqlarini asrab-avaylash va ommalashtirishga qaratilayotgan yuksak e’tibordan g‘oyat mamnunman”, — dedi Ella Lyu Jingven.

 

“Men Xitoy muzeylari kolleksiyalariga bag‘ishlangan yangi mukammal jildlarni nashr etishni tashkil qilish uchun bor kuchimni ishga solaman”.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda WOSCU tomonidan “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi “Sug‘diyona: Ipak yo‘lining yuragi” nomli kitob-albomni chop etilgan hamda hujjatli film suratga olingan edi. Xitoy ilmiy muassasalari bilan ishlashning yangi bosqichi bir vaqtning o‘zida bir nechta yirik kolleksiyalarni, jumladan, Xitoy Milliy muzeyi kolleksiyasini, Xitoy Xalq Respublikasi Ijtimoiy fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti, Sinjou shahar muzeyi va boshqalarni qamrab oladi. Shu bilan birga, Dynamic Travel hammuassisi Burxon Avchi Janubiy Koreyada oʻzbek kolleksiyasiga bagʻishlangan albom yaratish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirishda ishtirok etishga rozi boʻldi.

 

Shuningdek, hamkorlar mamlakatda va xorijda O‘zbekiston madaniy merosiga oid qo‘shma tadbirlar va ko‘rgazmalar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zbekiston madaniy-gumanitar sohada amalga oshirayotgan loyihalaridan hayratdaman” | Zamon.uz