O‘zbekistonda “Hayot maktabi” markazlari tashkil etiladi
Ular tarbiyasi og‘ir bolalarning muammolari bilan ishlaydi.

O‘zbekistonda “Hayot maktabi” markazlari tashkil etiladi. Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Yig‘ilishda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari ishini o‘zgartirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Bu markazlarni tarbiyasi og‘ir bolalarning muammolari bilan ishlab, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatadigan maskanga aylantirish lozimligi qayd etildi.
Mutasaddilarga bunday markazlarni “Hayot maktabi” sifatida qayta tashkil etish topshirildi.







