Jahon

Turk olimlari robot asalarilarni yaratishga kirishishdi

Bu sayyora ekotizimini saqlab qolishda muhim ahamiyatga ega.

Turk olimlari robot asalarilarni yaratishga kirishishdi

 

Turkiyalik mutaxassislar Buyuk Britaniya, Avstriya va Chexiyadagi hamkasblari bilan birgalikda asalarilar populyatsiyasini saqlab qolish vazifasini o‘z zimmalariga olishdi. Hasharotlarni saqlab qolish uchun olimlar haqiqiy asalarilarning vazifalarini bajara oladigan maxsus robotlarni yaratishga kirishdi.

 

Loyiha ustidagi ishlar yana ikki yil davom etadi. Hozirda 20 dan ortiq olimlar tadqiqot ishlarida ishtirok etmoqda. Yaqin Sharq Texnika Universiteti professori Erol Shahin aytganidek, mutaxassislar tirik asalarilar joylashgan uyaga mexanik hasharotlarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, ularning hayotiy faoliyati sun'iy intellekt yordamida boshqariladi.

 

Loyiha Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtgan ilmiy sammitda taqdim etildi va u dunyodagi eng yirik yangiliklardan biri sifatida yuqori baholandi. Sammit ishtirokchilari asalarilar populyatsiyasini saqlab qolish Yer ekotizimini saqlab qolish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladilar. Gap shundaki, asalarilar ko‘plab o‘simliklarning changlanishida asosiy rol o‘ynaydi.

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Iordaniyada cherkovga qilingan hujum: uch nafar erkak o‘lim jazosiga hukm qilindi

Hujum 23-oktyabr kuni yunon pravoslav cherkovida dafn marosimi vaqtida sodir bo‘lgandi.

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Xitoy ziddiyati: Dehli tog‘li hududlarda jangovar tayyorgarlikni kuchaytirmoqda

Hindiston–Tibet chegara politsiyasi tarkibidagi maxsus bo‘linmalar yaqin masofadagi janglar, tog‘li hududlarda harakatlanish va dronlardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qariyb 900 mln dollar jarimaga tortildi: kompaniya foydalanuvchilarning shaxsiy foto va videolariga roziliksiz kirgan

Meta qaror ustidan shikoyat qilishini bildirdi.

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talaba qamaldi: u terrorchilik guruhini moliyalashtirishda ayblandi

U Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga olti marta pul o‘tkazgan.

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Ruandada deportatsiya markazi: Germaniya va yana to‘rt davlat kelishuvga tayyorlanmoqda

Tashabbus inson huquqlari tashkilotlarining tanqidiga sabab bo‘lmoqda.

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Rossiya neft eksportiga zarba: Ukraina Samara viloyatidagi stansiyani nishonga oldi

Ukraina harbiylari ushbu obyektni Rossiyaning urushni moliyalashtirayotgan neft sanoati uchun muhim infratuzilma deb atagan.

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Ukraina jang maydonida robotlardan foydalanmoqda: ular hujum va evakuatsiyaga jalb etilmoqda

Bunday qurilmalar nafaqat harbiy yuklarni tashish va evakuatsiya, balki granatomyot hamda tankka qarshi qurollar yordamida hujum operatsiyalariga ham jalb etilmoqda.

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

Telegram’dagi zaifliklar bo‘yicha bahs: Durov xakerlarni o‘z akkauntini buzishga chaqirdi

U shunchaki xabar olish orqali profilni egallab olish mumkinligi haqidagi da’volarni rad etdi.