O'zbekiston

Yangi O‘zbekiston siyosatida Uchinchi renessans talqini

Shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro‘y berayotgan yuksalish jarayonlari o‘zini barcha sohalarda namoyon etmoqda.

Yangi O‘zbekiston siyosatida Uchinchi renessans talqini

 

O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik boy tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda taraqqiyot cho‘qqilarini zabt etishning mashaqqatli bosqichlarini ko‘rish mumkin. Bu bosqichlarda davlatchiligimizning shakllanishi, jamiyatda ilm-u fan, sanʼat va madaniyatning yuksalishi, buyuk siymolarning o‘z ijodida erishgan yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga hissa qo‘shishdek iftixorli jarayonlar gavdalanadi.

 

O‘zbekiston tarixining birinchi Renessansi - Somoniylar davriga to‘g‘ri kelib, ushbu davrda buyuk ajdodlarimizning yaratgan ilmiy-falsafiy asarlari va olamshumul kashfiyotlari islom sivilizatsiyasiga tamal toshi bo‘ldi. Ijtimoiy sohaning har tomonlama rivojlanishi, jamiyatdagi munosabatlarning muayyan tartib-tamoyillar asosida qurilishi, shaharu viloyatlarning iqtisodiy-madaniy rivojlanishi, ilmu maʼrifatning markazlashuvi singari muhim jarayonlar o‘rta asrlarda yurtimizda davlatchilikning o‘ziga xosligini belgilovchi tamoyillardir.

 

Ikkinchi Renessans – Amir Temur va Temuriylar davriga to‘g‘ri kelib, nafaqat Movaraunnahr, balki butun Markaziy Osiyo o‘lkalari o‘z taraqqiyotining yangi pog‘onasiga ko‘tariladi. Amir Temurning hayotlik vaqtida davlat boshqaruvi haqida so‘zlovchi “Temur tuzuklari” nomli maxsus asar yozilgan. Asar ikki qismdan iborat bo‘lib, O‘rta asrning bebaho tarixiy manbasi hisoblanadi. Unda Temurning hayotiy voqealari bilan bog‘liq tarjimayi xoli, atoqli davlat arbobi va sarkardaning harbiy sanʼatga bo‘lgan nuqtayi nazari, davlat tuzilishi va boshqaruvi kabilar bayon qilingan.  Bu davrda davlatchilik asoslari takomillashib, shaharsozlik va meʼmorchilik avj oldi, xalqaro savdo va diplomatik aloqalar jadallashdi. Shuningdek, bu davrda fan, madaniyat va sanʼat sohalarining rivojlanishi hamda tafakkur doirasining yuksalishi namoyon bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yillik tantanalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining: “Xalqimizning ulug‘vor qudrati jo‘sh urgan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda”, - degan so‘zi yangradi.

 

Tarixga nazar soladigan bo‘lsak insoniyat ko‘rgan barcha Renessanslarga — Yvropa, Islom, Markaziy Osiyodagi uyg‘onish davrlarining barchasiga birdek xos bo‘lgan xususiyat antropotsentrizmdir. Ularning barchasida fan, taʼlim va madaniyat gumanistik g‘oyalarga tayanib, avvalambor, dunyoviy xarakterga, ratsional mazmunga ega bo‘lgan. Ilmiy izlanish, madaniyat va sanʼat ijodi markazida hazrati inson, uning hayoti va faoliyati, fikr va hissiyotlar, umid va istaklar, muammo va ziddiyatlar gavdalangan. Bundan xulosa shuki, Renessans inson ehtiyojlari, erkinlik­lari va huquqlarini taʼminlashdan ­bosh­lanadi.

 

Bejiz emaski, so‘nggi to‘rt yil mobaynida bu sohaga mamlakatimizda alohida eʼtibor berilmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya izchil amalga oshirilmoqda.

 

Darhaqiqat, shiddat bilan rivojlanayotgan hayotimizda ro‘y berayotgan yuksalish jarayonlari o‘zini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Binobarin, mustaqillikka erishgan yillarimizning ilk davrida biz o‘zimizning milliy o‘zligimizni anglash, boy tarixiy-maʼnaviy hamda ilmiy merosimizning asl mazmun-mohiyati mag‘zini chaqish va uni ro‘yobga chiqarishga intilgan bo‘lsak, endilikda xalqimiz jipslanib “milliy tiklanishdan – milliy yuksalish” g‘oyasini sobit qadamlik bilan amalga oshirishga kirishdi.

 

Xulosa shuki, O‘zbekistonda bugun jadallik bilan kechayotgan ana shunday islohotlar, jamiyatdagi yangilanishlar mamlakatda kezayotgan uyg‘onish ruhidan dalolatdir. Uchinchi Renessans uzoq istiqbol masalasi emas. U bugun, ushbu onda jamiyatimiz, uning har bir jabhasida muttasil etilib kelayotgan real voqelikdir. Ishonchimiz komilki, yurtimizda boshlangan bu yangilanish­lar izchil davom etadi va xalqimiz orzu qilgan buyuk davlat, farovon kelajak barpo etishda mustahkam poydevor bo‘ladi.

 

Ro‘ziyeva Muhsina Sodiq qizi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy

kommunikatsiyalar universiteti tayanch doktoranti

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Yangi O‘zbekiston siyosatida Uchinchi renessans talqini | Zamon.uz