Andijondagi bozorda yong‘in chiqqani aytildi
Holat yuzasidan FVB maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Andijon shahridagi Yangi bozor hududida yong‘in chiqqani aytilgan videolar tarqalmoqda. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Holat kecha, 20 fevral kuni Andijon shahrining Boburshoh ko‘chasida yuz bergan. Unda 4 kvadrat metr maydonda to‘plangan axlat uyumlari yongan. Yong‘inning taxminiy sababi ochiq olovdan ehtiyotsizlik (tamaki mahsuloti) ekani xabar qilingan.
Yong‘inda fuqarolarning kuygan yoki tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inga 1 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb etilgan.







