“Biznesni rivojlantirish banki” ATB: tezkor, qulay va sifatli xizmatlar
Mijozlar poytaxt markazida joylashgan mazkur bank xizmatlaridan foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Toshkent shahar bank xizmatlari ofisi zamonaviy talablar asosida kapital taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida bank Kuzatuv kengashi hamda Boshqaruvi aʼzolari ishtirok etdi.
.webp)
Mijozlar poytaxt markazida joylashgan mazkur bank xizmatlaridan foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, xodimlar universallashdi. Yaʼni endilikda mijozlar bitta xodim orqali barcha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Tez va sifatli xizmat ko‘rsatish yo‘lga quyildi va bu bank sektorida ko‘rsatiladigan xizmatlar bozorining eng asosiy talablaridan biridir.

Shu bilan birga, xodimlarni mijozlarga yo‘naltirilganlik modeli asosida o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yildi. Bu esa mijozlar bilan ishlash jarayonlarining yana-da samarali va sifatli tashkil etilishidagi inson omili takomillashuvini taʼminlashi bilan ahamiyatlidir.

"Bugun yurtimizda tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritish uchun ishchanlik shijoati bo‘lsa bas. Boshqa amaliy va moliyaviy masalalar bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari yaqin ko‘makchi, hamkorga aylangan. O‘zimizdan qiyos. Ko‘p yillardan buyon ushbu bank mijoziman. Menga bankdagi tezkorlik yoqadi. Masalan, bugun 10 minut ichida ishim bitdi", — deydi tadbirkor Rohila Sharipova.
Ochilish marosimi doirasida OAV xodimlari uchun Press-tur ham tashkil etildi. Jurnalistlar bankda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.







