O'zbekiston

Kinematografiya agentligi direktori nodavlat telekanallar rahbarlari bilan uchrashdi

Yig‘ilishda telekanallar bilan hamkorlik asosida teng sheriklikda seriallar ishlab chiqarilishi kelishib olindi.

Kinematografiya agentligi direktori nodavlat telekanallar rahbarlari bilan uchrashdi

 

Toshkentdagi Renessans kinouyida Kinematografiya agentligi direktorining nodavlat telekanallar rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda "Mening yurtim", “Milliy”, “Renessans”, “Sevimli”, "Zo‘r TV" hamda O‘zMMA rahbar va xodimlari, rejissyorlar ishtirok etdi.

 

Davra suhbati 2023 yil dekabr oyida Prezident raisligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining yig‘ilishida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi. Yig‘ilishda davlat rahbari tomonidan milliy seriallarni g‘oyaviy-badiiy va texnik jihatdan jozibali, hamma qiziqib ko‘radigan darajaga yetkazish zarurligi taʼkidlangan edi. 

 

Shu maqsadda Kinematografiya agentligi nodavlat telekanallar o‘rtasida “Har bir serial bir missiya” nomli serial loyihalari uchun tanlov eʼlon qildi. Uchrashuvda g‘olib deb topilgan serial loyihalari Agentlikning 2024 yil tematik rejasiga kiritilishi va ular asosida telekanallar bilan hamkorlik asosida teng sheriklikda seriallar ishlab chiqarilishi kelishib olindi.

 

Shuningdek, yil davomida  200 dan ortiq kinomahsulotlarni telekanallarga taqdim etilishi belgilab olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Kinematografiya agentligi direktori nodavlat telekanallar rahbarlari bilan uchrashdi | Zamon.uz