Namangandan Sankt-Peterburgga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Ilk parvoz kecha amalga oshirilgan.

21-fevral kuni Pulkovo aeroportida Namangan – Sankt-Peterburg – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozi yo‘lovchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda raqs ansambllari, O‘zbekiston milliy liboslari namoyishi hamda Pulkovo xalqaro aeroporti tomonidan viktorina o‘tkazildi va g‘oliblarga sovg‘alar ulashildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining yangi yo‘nalishidagi aviaqatnovi omadli yettinchi yo‘lovchisiga Uzbekistan Airways va Pulkovo aeroporti tomonidan sovg‘alar topshirildi.
Namangan Sankt-Peterburgga muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning yettinchi shaharga aylandi.







