O'zbekiston

Prezident yoshlar bandligini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yig‘ilishda bu yil “yoshlar balansi” bo‘yicha 925 ming yigit-qizning bandligini taʼminlash zarurligi aytildi.

Prezident yoshlar bandligini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini taʼminlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Davlatning kuchli ijtimoiy siyosatida yoshlar eng ustuvor yo‘nalish. Ularga sifatli taʼlim va kasb berish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash doimiy eʼtiborda. Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirilmoqda, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Madaniyat karvoni” tadbirlari va turli festivallar o‘tkazilmoqda.

 

Shu yil 21 fevralda Prezident farmoni bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi qabul qilindi. Dasturda yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini taʼminlash bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan.

 

Bu yil “yoshlar balansi” bo‘yicha 925 ming yigit-qizning bandligini taʼminlash zarur. Shuningdek, kollej, texnikum va oliy o‘quv yurtlarini 300 ming yosh bitiradi.

 

Yig‘ilishda ularni ishga joylashtirish, zamonaviy kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

 

Avvalo, yoshlarning biznes bilan shug‘ullanishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi aytildi. Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi shunga  yo‘naltiriladi. “Yosh tadbirkor” tanlovlari o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

 

Mutasaddilar yangi sanoat loyihalarida 100 ming, xizmatlar sohasida 150 ming, ish o‘rinlarini legallashitirish va o‘zini o‘zi band qilish orqali 200 ming nafar yigit-qiz bandligini taʼminlash to‘g‘risida axborot berdi.

 

Hozirgi kunda yoshlarbop istiqbolli soha bu raqamli texnologiyalar. Shu bois Davlat dasturida “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasi belgilangan. Shuningdek, bu yil axborot texnologiyalari sohasida 70 ming yoshni band qilish rejalashtirilgan.

 

Buning uchun qobiliyatli yigit-qizlarni aniqlab, IT-kasblar va xorijiy tillarni o‘rganishiga ko‘maklashish zarurligi taʼkidlanib, hokimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali 1 million nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi. Maktablardagi bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi. Qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100 ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya qilinadi.

 

Shuningdek, xususiy kurslarda o‘qib, “C-1” sertifikatini olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy tillari bo‘yicha esa “B-2” darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab beriladi. Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.

 

“Ustoz” loyihasi doirasida 250 ming nafar yoshlar marketing, reklama, elektron savdo, IT-dizayner kabi 30 ta zamonaviy kasbga o‘rgatiladi.

 

Aholi bandligini taʼminlashda qishloq xo‘jaligida imkoniyatlar keng. Oldingi yillarda shu maqsadda 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, dehqonchilik uchun odamlarga bo‘lib berilgan edi. Bu yil yana 60 ming 500 gektar yer yoshlarga ajratilishi belgilangan.

 

Bundan samarali foydalanish uchun yangi tartib o‘rnatilishi qayd etildi. Unga ko‘ra, tuman hokimlari yerni suv taʼminoti yaxshi joydan ajratishga masʼul bo‘ladi. Har bir yoshga qancha maydon ajratish bo‘yicha “mahalla yettiligi” taklif beradi. Yer olgan yoshlar Agrobankning “Fermerlar maktabi”da hosildor eksportbop ekinlar yetishtirishga o‘qitiladi. Mini-texnika, urug‘ va ko‘chatlar sotib olishga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hamda Fermerlar jamg‘armasidan subsidiya ajratiladi. Dehqon yoshlarga eksportchi va qayta ishlovchi tadbirkorlar kooperatsiya asosida biriktiriladi. Bundan tashqari, meva-sabzavot kooperatsiyalariga banklar orqali 2 milliard so‘mgacha kredit ham beriladi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidentining shu yil 18 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi. Mazkur farmonda 156 ta tumanda 15 ming 626 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan.

 

Davlatimiz rahbari ushbu yerlarni aholiga yaqin, suvi va unumdorligi yaxshi joylardan ajratib, kooperatsiya asosida eksportbop ekinlar ekish muhimligini taʼkidladi. Hokimlarga qo‘shimcha yerlarni o‘zlashtirib, ish o‘rinlari uchun zaxira yaratib borish vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident yoshlar bandligini taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz