O'zbekiston

Yetim bolalarga uy berish tartibi o‘zgarmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masalaga oid bir qator topshiriqlar berdi.

Yetim bolalarga uy berish tartibi o‘zgarmoqda

 

Ota-ona mehridan mahrum bo‘lib ulg‘aygan bola voyaga yetgach, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun unga kerak bo‘ladigani yetarli taʼlim, kasb-hunar va ish bilan taʼminlanishdir. Ammo, yana bir muhim jihat borki, bu davlatning alohida resurslarini hamda o‘ta shaffof va adolatli tizim bo‘lishini talab qiladi.

 

Gap yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga uy-joy berish tizimi haqida bormoqda.

 

Kuni kecha bo‘lib o‘tgan selektorda Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu masalaga atroflicha to‘xtalib, bir qator topshiriqlar berdi va tizim tubdan qayta ko‘rib chiqilishini aytdi.

Bunda:

— “Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi;

 

— Ularga beriladigan uy-joyning narxi bozor bahosidan kelib chiqib, hududlar kesimida belgilanadi.

 

Hozirda hududidan qatʼi nazar, 1 xonali (25 kvadrat metr) uy uchun 132 million so‘m ajratilayapti. Lekin, bu narxga uy-joy deyarli yo‘q.

 

Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 140 milliard so‘mga yetkaziladi (o‘tgan yili viloyatlarga 72 milliard so‘m berilgan).

 

Viloyat hokimlari 1 iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan taʼminlashga shaxsan masʼul etib belgilandi.

 

Bunda, hokimlar – yetim bolalar uchun uy-joy topish va ularni joylashtirishga, Ijtimoiy himoya agentligi esa, uy-joy sotib olishni moliyalashtirishga masʼul bo‘ladi.

 

Ushbu masala ota-onasiz ulg‘aygan, endi esa yashashga joyi bo‘lmagan yoshlar uchun eng dolzarb muammoga aylangan. Shu sababli, uni aslo ortga surish mumkin emas.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Yetim bolalarga uy berish tartibi o‘zgarmoqda | Zamon.uz