Kolumbiyada vertolyot halokatga uchradi
Oqibatda politsiya xodimlari halok bo‘lgan.

Kolumbiya shimoli-g‘arbidagi Antiokiya departamentida Black Hawk vertolyotining halokatga uchrashi oqibatida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mayor Xuan Morales, kapitan Sesar Rodriges va ikki boshliq Feder Selis va Rafael Gonsales Black Hawk 0614 falokatida qurbon bo‘lgan.
Hozirda voqea yuzasidan tergov boshlangan.







