O'zbekiston

Marg‘ilonda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Marg‘ilonda hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

 

Farg‘ona viloyatining Rishton tumani elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi shaxs yakka tartibdagi tadbirkorning kulolchilikka ixtisoslashgan ustaxonasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanganligi bois unga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha 2 mlrd so‘m miqdorida jarima solinishi mumkinligini aytib, ushbu jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 6600 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa, Marg‘ilon shahar Nadirmat mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan 0,5 sotix bo‘sh yer maydonini “E-auksion” platformasi orqali yutib, kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

 

Jizzax viloyatida kuzatilgan holatda, Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi Vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i hozirda ayblov eʼlon qilinib, mazkur hibsxonada saqlanayotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sudya tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur mansabdor shaxs muqaddam o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, hibsxonada saqlanayotgan ushbu fuqaroning oila-aʼzolari bilan uchrashishi hamda uyidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlarining kiritilishi uchun ruxsat berish evaziga 400 AQSH dolari olganligi ham maʼlum bo‘ldi.

 

Milliy Gvardiyaning Samarqand viloyati Ishtixon tumanlararo Qo‘riqlash bo‘limi xodimi mahalliy fuqaroga nisbatan ichki ishlar organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qism “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish evaziga 1,5 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Hozirda ushbu shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi monitoringida 110 nafar blogerning sahifalari kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘tgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan.

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

So'ngi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi va 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ko‘rilgan choralar natijalari yagona elektron platformada nazorat qilinadi.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.