Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi
Haydovchi Neksiya-3da yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib ro‘paradan kelayotgan Kamaz bilan to‘qnashgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 13 fevral kuni Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yuz bergan.
1994 yilda tug‘ilgan fuqaro otasiga tegishli Neksiya-3 mashinasida tumanning Istara mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda harakatlanyotib yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Kamaz yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Neksiya-3 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.







