Navalniyning dafn marosimi 29 fevralga belgilandi
U Borisov qabristoniga dafn etilishi mumkin.

Muxolifatchi Aleksey Navalniyning dafn marosimi 29 fevralga belgilandi. Bu haqda Shot nashri maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, katta ehtimol bilan u Moskvadagi Borisov qabristoniga dafn etilishi mumkin. Shuningdek, Troyekurovskoye yoki Xovanskoye qabristonlariga dafn qilinishi haqida ham maʼlumotlar mavjud.
Baʼzilar dafn marosimi kuni tasodifan tanlanmagan deb ishonmoqda - aynan shu kuni Vladimir Putinning Federal Majlisga murojaati bo‘lib o‘tadi.







