O'zbekiston

Farg‘onada salkam 1 yarim milliard so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan

DXX hududlardagi qonunbuzarliklarga chek qo‘ydi.

Farg‘onada salkam 1 yarim milliard so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi. 

 

Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1973 y.t. shaxs o‘z qarindoshining yashash xonadonida 10 ta "Bitmain Antminer" rusumli mayning qurilmalarini elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, 2021-2024 yillar davomida mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelishi natijasida, davlat manfaatlariga 638 mln. 274 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

 

Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989 y.t. shaxsning xonadonida 11 dona, quvvati 14,85 kilovatt bo‘lgan “Antminer” rusumli mayning qurilmalari yashirin ravishda elektr tarmog‘iga ulanib, 320 mln. 118 ming so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan.

 

Boshqa holatda esa Farg‘ona shahrida yashovchi, 1971 y.t. fuqaroga tegishli xonadon ko‘zdan kechirilganda, 6 dona, quvvati 12,4 kilovatt bo‘lgan “Antminer” rusumli mayning qurilmalari elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, elektr taʼminoti korxonasiga 293 mln. 284 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Yana bir holatda, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1989 y.t. shaxs o‘zining onasiga tegishli xonadonda kriptovalyuta ishlab chiqarish faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanib, “Antminer” rusumli 3 dona mayning qurilmalaridan foydalanishi natijasida, elektr energiyasi bo‘yicha davlat manfaatlariga 77 mln. 585 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

 

Aniqlangan ushbu holatlarda davlatga yetkazilgan zarar jami 1 mlrd. 329 mln. 261 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Farg‘onada salkam 1 yarim milliard so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan | Zamon.uz