O'zbekiston

“Madaniy merosingizni to‘plash ishlari muhim ahamiyatga ega”

Ummon sultonligining elchisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

“Madaniy merosingizni to‘plash ishlari muhim ahamiyatga ega”

 

WOSCU boshqaruv raisi Firdavs Abduxoliqiov va Ummon Sultonligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Al-Saida Vafa Jabr Nasser Al-Busaidiy o‘rtasida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuv doirasida tomonlar turli sohalardagi aloqalarni yana-da rivojlantirish, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Tomonlar O‘zbekiston va Ummonni birlashtirgan madaniyat, din, anʼana va maʼnaviy qadriyatlar mushtarakligini taʼkidlab, o‘zaro munosabatlarni izchil mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

 

Suhbat chog‘ida madaniy hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan Ummon sultonligidagi O‘zbekiston madaniy merosiga oid asori-atiqalarni o‘rganish va har ikki davlatning madaniy merosini targ‘ib etishga qaratilgan loyihalarini birgalikda amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

 

Shuningdek, Elchi xonim Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni alohida eʼtirof etib, WOSCU tomonidan xalqaro muzeylar va shaxsiy kolleksiyalarda saqlanib kelayotgan, yurtimiz tarixiga oid qo‘lyozmalar, artifaktlar, qadimiy ashyolarni o‘rganish va to‘plash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. Bu ishlar kelajak avlod uchun eng katta manba va juda ham qimmatli madaniy meros ekanligini taʼkidlab o‘tdi.

 

Al-Saida Vafa Jabr Nasser Al-Busaidiy bu WOSCU ofisiga birinchi tashrifi edi.

 

– Siz vatanining tarixini o‘zida namoyon etayotgan juda go‘zal ofisni bunyod etgansiz. Butun jahon jamiyati tomonimdan amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi tahsinga sazovor. Butun dunyoga sochilib ketgan madaniy merosingizni to‘plash va o‘rganish ishlari bugungi kunda juda ham muhim ahamiyatga ega. O‘zbekiston va Ummon sultonligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik bugun yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilmoqda. O‘ylaymanki, madaniy yo‘nalishda ham aloqalarimiz yana-da yuksaladi va kelgusida aynan WOSCU bilan birgalikda yirik loyihalarni amalga oshiramiz.

 

WOSCU nomidan Ummon sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasiga “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi 20 ta kitobdan iborat to‘plam sovg‘a qilindi. Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy eʼtibori tufayli amalga oshirilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Madaniy merosingizni to‘plash ishlari muhim ahamiyatga ega” | Zamon.uz