O'zbekiston

Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlanmoqda

Prezidentga poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha axborot berildi.

Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlanmoqda

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahrida sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hamda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar loyihalari yuzasidan axborot berildi.

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan unumli foydalanish, hududlarning turizm salohiyatini ro‘yobga chiqarish, aholining uy-joy sharoitlari va shaharlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha qator maqsad va vazifalar belgilangan.

 

Bugungi yig‘ilishda bu boradagi ishlarni poytaxtda tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirish maqsadida Toshkent shahrida aksiyadorlik jamiyati shaklida “Toshkent invest kompaniyasi” tashkil etilgan. Kompaniya bo‘sh yer uchastkalari negizida investitsiya loyihalari va davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan renovatsiya loyihalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

 

Shu munosabat bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida loyihalarni amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi, poytaxtda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi, “hayotiy davr shartnomasi” asosida hamkorlik qilish tartibi tasdiqlanmoqda. 

 

Taqdimotda Yangihayot tumanining sanoat salohiyatini oshirish va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risida axborot berildi. 664,5 gektar maydonni egallaydigan sanoat zonasi hududida yaqin yillarda 1,5 mlrd dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini o‘zlashtirish, 2,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, yiliga 1 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va 5 million dollar miqdorida eksport amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Poytaxtda turizm xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

 

Shu maqsadda Toshkentning Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida tegishli chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Dasturda “Gastronomik turizm” va “hunarmandlar” ko‘chalarini tashkil etish, zamonaviy savdo-servis obyektlari va mehmonxonalar qurish, kanallar bo‘yida yashil va dam olish hududlarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

 

Bu boradagi ishlarni mahalla darajasida tashkil etish, bunda mahallalarning o‘sish nuqtalarini aniqlab, muayyan faoliyat turiga ixtisoslashtirish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha “Andijon tajribasi”dan keng foydalanish zarurligi qayd etildi.

 

Davlat rahbari taqdim etilgan hujjat loyihalari va takliflarni maʼqullab, ularning ijrosini sifatli va samarali tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda renovatsiya loyihalarini amalga oshirish tartibi tasdiqlanmoqda | Zamon.uz