Serbiya prezidenti Ukrainaga yordam berishga vaʼda berdi
Bu haqda Aleksandr Vuchich Tiranada bo‘lib o‘tgan sammitda maʼlum qildi.

"Serbiya Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi", — deya maʼlum qildi mamlakat prezidenti Aleksandr Vuchich "Janubiy-Sharqiy Yevropa – Ukraina" sammitidagi chiqishi chog‘ida.
"Biz faqat konstruktiv muloqot va diplomatik yechimlar tinchlikka olib kelishi mumkinligiga ishonamiz. Serbiya, avvalgidek, Ukrainaning tahdid ostidagi aholisiga o‘z imkoniyatlari doirasida gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi va xalqaro huquqni hurmat qilish majburiyatini oladi. Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlaymiz, biroq Rossiyaga qarshi sanksiyalar tarafdori emasmiz", — deya taʼkidladi Vuchich.







