Jahon

Xitoy yadro quroliga ega davlatlarni shartnoma tuzishga chaqirdi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligining Qurol nazorati departamenti bosh direktori Sun Syaobo Jenevada bo‘lib o‘tgan Qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyada yadroviy qurolga ega davlatlarni BMT konvensiyasiga muvofiq yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha “maxsus va ustuvor vazifalarini” bajarishga chaqirdi.

Xitoy yadro quroliga ega davlatlarni shartnoma tuzishga chaqirdi

 

Xitoy yadro arsenaliga ega davlatlarga “bir-birlariga qarshi yadroviy qurolni birinchi bo‘lib foydalanmaslik to‘g‘risida” shartnoma tuzishga chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Tegishli konferensiya yadro quroliga ega bo‘lmagan davlatlarni yadroviy tahdiddan himoya qiladigan xalqaro huquqiy hujjatning yo‘l xaritasi yoki jadvalini belgilashi kerak.

 

“Yadro quroliga ega davlatlar muzokara olib borishi va bir-biriga qarshi birinchi bo‘lib foydalanmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzishi yoki bu borada siyosiy bayonot berishi kerak”, — dedi Sun.

 

Bugungi kunda dunyoda taxminan 13 080 ta yadro kallaklari mavjud. Rossiya va AQSH dunyodagi eng yirik yadro arsenaliga ega. Xitoy va Hindiston esa “birinchi bo‘lib foydalanmaslik” siyosatiga rasman amal qiladigan yagona yadroviy qurolga ega davlatlardir.

 

Bundan tashqari, xitoylik diplomat xalqaro meʼyorlarni ishlab chiqishga eʼtibor qaratish va sunʼiy intellekt, koinot va kiberkosmos kabi sohalarda yangi ilmiy va texnologik muammolarga qarshi turish zarur, deb hisoblaydi.

 

U xalqaro strategik xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni yangi muammolarga duch kelayotgani va harbiy qudrati yuqori davlatlar “mutlaq ustunlikka erishish” uchun bir necha bor “shartnomalarni buzgan”ini taʼkidladi.

 

Qaysi davlatlar yadro quroliga ega?

  • Rossiya — 6257 ta (1458 faol, 3039 yaroqli, 1760 eskirgan);

  • AQSH — 5,550 ta (1,389 faol, 2,361 yaroqli, 1,800 eskirgan);

  • Xitoy — 350 ta mavjud (yadro arsenalini faol ravishda kengaytirmoqda);

  • Fransiya — 290 ta;

  • Buyuk Britaniya — 225 ta;

  • Pokiston — 165 ta;

  • Hindiston — 156 ta;

  • Isroil — 90 ta;

  • Shimoliy Koreya — 40-50 ta (taxminiy).

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.