Xitoyda uchuvchisiz aerotaksi ilk shaharlararo parvozini amalga oshirdi
Samolyot yo‘lovchilarni 50 km masofaga bor-yo‘g‘i 20 daqiqada olib bordi.

Xitoyda birinchi marta AutoFlight uchuvchisiz samolyoti ikki shahar o‘rtasida yo‘lovchilarni tashidi.
AutoFlight kompaniyasi samolyoti yo‘lovchilarni Shenchjendan Chjuxayga, 50 km masofaga bor-yo‘g‘i 20 daqiqada olib bordi. Bu yo‘nalishdagi sayohat avtomobil bilan 2-3 soat davom etgan bo‘lardi.
Aerotaksi to‘rtta yo‘lovchini 250 km masofaga tashishga qodir. Parvoz tezligi soatiga 200 km bo‘lishi mumkin. Endi AutoFlight to‘lov evaziga xizmatni uchish uchun litsenziya olishni rejalashtirmoqda. Agar reja amalga oshirilsa, Shenchjendan yiliga 300 ming reys amalga oshirish rejalashtirilgan.







