O'zbekiston

Abdulla Aripov Xitoyga tashrif buyurdi

Uchrashuvda madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yana-da faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Abdulla Aripov Xitoyga tashrif buyurdi

 

29 fevral 1 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Qashg‘ar shahriga tashrif buyurdi.

 

Bugun, 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

 

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona hamda ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yuqori darajada rivojlanib borayotgani, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida taʼkidlandi.

 

Joriy yilning yanvar oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarning yangi davrini boshlab berdi.

 

Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

 

Shuningdek, mazkur tashrif davomida o‘tkazilgan tadbirlar, davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish uchun katta zamin yaratdi.

 

Umumiy hisobda 52 mlrd dollardan ortiq investitsiya kelishuvlariga erishilgani yuqoridagi fikrlarimiz tasdig‘idir.

 

O‘tgan 2023 yilda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida savdo ko‘rsatgichlari rekord darajaga – qariyb 14 milliard dollarga yetdi.

 

Yaqin kelajakda ushbu ko‘rsatkichni 20 milliard dollarga yetkazish uchun hali ishga solinmagan juda ko‘p imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

 

O‘zaro savdo-iqtisodiy almashinuvlarni rivojlantirishda Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni muhim bog‘lovchi “darvoza” vazifasini bajaradi.

 

Uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash, zamonaviy texnologiya, uskunalarni import qilish hamda to‘qimachilik, mis, mineral o‘g‘itlar, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni eksport qilish, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikdagi loyihalarni yana-da faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.