O'zbekiston

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun qabul qilindi

Unda jabrlanuvchilarni himoya orderi berish ham ko‘zda tutilgan.

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun qabul qilindi

 

Deputatlar “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilishdi.

 

Qonun loyihasida jabrlanuvchilarni himoya orderi berish va taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini taqiqlash ko‘zda tutilgan. Qolaversa, qonun bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda.

 

“Bolalar ruhiyati va xarakteriga taʼsir etuvchi bu kabi salbiy illatlar - zo‘ravonlik va tazyiq kelajakda reviktimizatsiya (qayta shikastlanish) xavfini, xususan keyingi avlodlarda ham zo‘ravonlikning davom etishini sezilarli darajada oshiradi.

 

Bolalarga alohida zo‘ravonlik holati ham har bir bola uchun katta fojia bo‘lib, uning oqibatlari bolaning butun hayoti davomida davom etadi, uning jismoniy, psixologik, ijtimoiy va axloqiy rivojlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, bolaning akademik ko‘rsatkichlariga taʼsir qiladi”, deb yozdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov X tarmog‘idagi sahifasida.

 

Qonun loyihasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllariga taʼrif berilib, ularni sodir etishni taqiqlash, qonunga binoan taʼqib qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik shakllari amaldagi uchtadan (jismoniy, jinsiy, ruhiy) oltitaga (g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling) oshirilmoqda.

 

Mazkur hujjat bilan ilk bor yangi institut joriy qilinyapti. Yaʼni, endilikda bolalarga ham himoya orderi berish taklif etilmoqda. Order vakolatli organ tomonidan zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining qonuniy vakiliga yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxsga hamda zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining o‘ziga beriladi.

 

Bundan tashqari, loyihada bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli taʼsir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.

 

Hujjatda taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi, taʼlim muassasalarida intizomiy jazo chorasi sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakli, shu jumladan jismoniy jazo va boshqa shafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oshirish yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi qatʼiy belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalar toifalarining (yetim, nazoratsiz, aqliy rivojlanishda nuqsoni bor, fohishalik, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan bolalar) qonun loyihasida aniq belgilab berilganligi, sohadagi vakolatli organlarga zo‘ravonlikdan jabrlangan, zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularning hisobini yuritish hamda zarur hollarda ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishiga yordam beradi.

 

Shu sababli ham mazkur hujjatning ishlab chiqilishi mamlakatimizda bolalar huquqining taʼminlanishini mustahkamlash sari yana bir qadam bo‘lganini alohida taʼkidlash kerak. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga ko‘ra, qonun loyihasi bundan 4 oy muqaddam yuqori darajadagi Davra suhbati doirasida muhokama qilingan, xususan, bolalar ustidan zo‘ravonlikning har qanday shakliga nisbatan yakdil murosasiz munosabat shakllantirilgan. O‘tgan davr davomida ishchi guruh tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirilgan.

 

“Qonunning joriy qilinishi profilaktika hamda zo‘ravonlik qurbonlariga kompleks yordam ko‘rsatish tizimini yaratishga yordam beradi. Bunda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoyalashda har bir bolaning huquqlarini taʼminlovchi vakolatli organ etib belgilandi.

 

Biz bilan birgalikda ushbu muhim hujjat ustida ish olib borgan barcha ko‘ngilli odamlar, hamkorlar va hamkasblarga minnatdorlik bildiraman. Yana bir marta barchani bolalarga nisbatan zo‘ravonlik barham topishi uchun kuchlarni birlashtirishga undab qolaman!”, deya taʼkidlagan u Instagramdagi sahifasida.

 

Loyihada, shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarning huquqlari hamda ularni zo‘ravonlikdan himoya qilishning umumiy va yakka tartibdagi chora-tadbirlari belgilanmoqda. Xususan, zo‘ravonlik qurbonining murojaati, jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari, ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning yakka tartibdagi chora-tadbirlarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun qabul qilindi | Zamon.uz