Britaniyada Charlz III ning o‘limiga tayyorgarlik boshlandi
Bu haqda mahalliy nashrlar yozmoqda.

Buyuk Britaniya hukumati qirol Charlz III ning o‘limiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, monarx vafot etgan taqdirda qirollikda “Menai ko‘prigi” kodli operatsiya o‘tkaziladi. Rejada uning o‘limi haqida jamoatchilikka qanday xabar berilishi, qirol vafotidan keyin o‘n kun ichida nima sodir bo‘lishi va uning tobuti qayerga olib ketilishi haqida batafsil maʼlumotlar mavjud.
Maʼlumot uchun, “Menai ko‘prigi” Britaniya monarxi vafoti uchun nishlab chiqilgan birinchi reja emas. Bundan oldin Qirolicha Yelizaveta II vafot etganda ham “London ko‘prigi” operatsiyasi tashkil etilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Fevral oyi boshida Bukingem saroyi qirol saraton kasalligiga chalinganini rasman eʼlon qilgan. Shundan so‘ng Charlz III davolanishni boshlagan va ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni to‘xtatgandi.







