O'zbekiston

“Milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak”

Prezident Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyga bordi.

“Milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak”

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyni borib ko‘rdi.

 

Taʼlim muassasasi 2023-2024 o‘quv yilidan faoliyat boshlagan. 300 o‘rinli zamonaviy binoda yoshlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ular bu yerda aniq fanlar yo‘nalishida ikki yil taʼlim oladi.

 

O‘quv xonalari eng so‘nggi rusumdagi multimedia va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlangan. Litsey axborot-resurs markazida 7 mingdan ortiq o‘quv va badiiy kitoblar, 11 mingdan ortiq elektron adabiyotlar bor. U viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari hamda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarmog‘iga ulangan.


Shuningdek, bu yerda Jaloliddin Manguberdi muzeyi, yopiq turdagi sport zal hamda ochiq maydondagi sport shaharchasi, saf maydoni, oshxona va yotoqxona mavjud.

 

O‘quvchilar darsdan tashqari o‘ndan ortiq fan, axborot texnologiyalari, ijodiy to‘garaklar hamda sport mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bepul kiyim-kechak, to‘rt mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi.

 

Davlatimiz rahbari muassasa, bu yerdagi taʼlim jarayonlari bilan tanishdi. O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Jaloliddin Manguberdining vatanparvarligi, jasorati yosh avlod uchun ibrat ekanligi taʼkidlandi.

 

- Bu yerda aniq fanlar o‘qitilishi yaxshi. Shu bilan birga, dars jarayonlarida vatanparvarlik tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish, qadriyatlarimizni ham o‘rgatish lozim. Shunday bo‘lishi kerakki, milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Harbiy-jangovar qudrat, yuksak maʼnaviy salohiyat yurt himoyachilarining muhim tayanchi ekaniga urg‘u berildi.

 

Litsey Urganch davlat universiteti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti bilan hamkorlik o‘rnatgan. Shuningdek, Urganch shahridagi 3-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Bu tashabbusni boshqa maktablar bilan ham keng ko‘lamda tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Shuning bilan Xorazm viloyatiga tashrif yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Qalbaki pullar savdosi fosh etildi: 297 mln so‘mlik banknotlarni 148 mln so‘mga sotgan shaxs ushlandi

Uning uyidan qalbaki banknotlar tayyorlashda foydalanilgan printer, maxsus qog‘ozlar va boshqa uskunalar ham topilgan.

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

“Shahriston” bekatida metro poyezdi nega to‘xtab qoldi?

Metropoliten poyezd nosozligi yuzasidan izoh berdi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

“Milliy ruh va g‘urur yoshlarning eng kuchli quroli bo‘lishi kerak” | Zamon.uz