Olmaota–Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi
Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Jambil viloyatining Olmaota—Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar 29 nafar yo‘lovchi mustaqil ravishda avtobusdan tushib, yo‘l-yo‘lakay mashinalarga o‘tirgan. Hozirda yong‘in o‘chirilgan.
Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning dastlabki sababi elektr simlardagi qisqa tutashuvdir.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun 9 nafar shaxsiy tarkib va texnikalar jalb qilingan.
1-fevral kuni Jambil viloyati Olmaota—Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining yopiq qismida 26 ta mashina to'qnashgan edi. Hodisaga yer muzlashi, ko‘rish imkoniyati cheklanishi, qor bo‘roni sabab bo‘lgan. 26 nafar fuqaro markaziy kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafari reanimatsiyada. Jarohalanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo'lmagan.







