Shahram G‘iyosov Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi
Tadbirda jamoatchilik vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 25 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomida yurtdoshimiz Shahram G‘iyosov meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko‘tarilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston iftixori, boks bo‘yicha Jahon va Osiyo chempioni, bojxona xodimi Shahram G‘iyosov tantanali tarzda kutib olindi.








