"Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi
“8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlar tashkil qilindi.

8, 9, 10-mart kunlari poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05
Shuningdek, “Navro‘z” bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways ham 30% chegirma eʼlon qildi.
Chegirmalar 21-24 mart kunlari amalga oshiriladigan mahalliy parvozlarga amal qiladi.







