Toshkentda jamoat transportlarida bir kunda qancha yo‘lovchi tashilgani maʼlum bo‘ldi
Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati jamoat ma'lumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2024-yil 28-fevral kuni:
-
yo‘nalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 1 587 (142 foiz o‘sish)
-
tashilgan yo‘lovchilar soni — 1 103 795 (159,1 foiz o‘sish)
-
Qatnovlar soni — 21 249 (145,2 foiz o‘sish).
Xuddi shu ko‘rsatkichlar 2023-yil 28-fevral kuni:
-
yo‘nalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 1 118
-
tashilgan yo‘lovchilar soni — 693 882
-
qatnovlar soni — 14 629 tani tashkil etgan.
Toshkent shahrida 2023-yilda qariyb fuqarolar 95 million marta jamoat transportidan foydalanishga o'tdi.
Natijada atmosferaga chiqariladigan zararli gazlarning 61,9 ming tonnaga kamayishiga erishildi. 2023-yilda 27 ta avtobus yo‘nalishi to‘liq elektrobuslarga o‘tkazildi. Shu bois avtobuslardan havoga chiqadigan zararli moddalar miqdori oyiga 93,3 tonnaga kamaydi.
Elektrobuslar harakatlanayotgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimi 188 foizga oshdi.







