“Ai-80” benzinini qo‘lda qimmat narxda sotish holatlari aniqlanmoqda
Bu bo‘yicha viloyatlarga tezkor tadbir o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 14 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “AI-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.







