Bangladeshda yirik yong‘in yuz berdi
Hodisa oqibatida 50 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Dakkada yuz bergan yong‘inda kamida 43 kishi halok bo‘ldi.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, yong‘in poytaxtdagi restoranda 29 fevral kuni soat 21:50 da boshlangan. Voqea joyida 12 o‘t o‘chirish brigadasi ishlagan. Olov o‘chirilgan.
Yong‘in sabablari haqida maʼlumot berilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







