“Germaniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda”
Medvedev fikricha, nemis askarlari o‘rtasidagi suhbatda bunga ishora qilingan.

Germaniya Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma'lum qildi.
Siyosatchi nemis zobitlari o‘rtasida Qrim ko‘prigiga hujum qilish rejasi muhokama qilingan suhbatga tayanib, shunday fikr bildirgan.
Uning fikricha, Germeniya rahbariyati buni bilmasalar ham, tarixda harbiylarning o'zi urush boshlashga qaror qilgan yoki bunday tashabbuslarni rag'batlantirgan holatlar ko'p bo'lgan.
Ma'lumot uchun, harbiylar o'rtasidagi suhbatda Qrim ko‘prigiga Taurus raketalari bilan hujum qilish operatsiyasi muhokama qilingan.







