Isroil G‘azoda olti haftalik sulh tuzishga tayyor
Keyinchalik sulh muddati uzaytirilishi mumkin.

Isroil mintaqada vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifning ko‘p jihatlarini qabul qildi. Bu haqda AQSH prezidenti maʼmuriyatining yuqori martabali rasmiysi maʼlum qildi.
Qo‘shtimcha qilinishicha, endi HAMAS kelishuv kuchga kirishi uchun garovga olinganlarning bir qismini ozod qilishga rozi bo‘lishi kerak. Isroil birinchi navbatda eng zaif guruhlar bemorlar, yaradorlar, keksalar va ayollarni ozod qilishga intilmoqda.
O‘t ochishni to‘xtatish haqida kelishuvga erishilgan taqdirda sulhni amal qilish muddatini uzaytirish va tinchlikni mustahkamlash uchun muzokaralar davom ettiriladi.







