Surxondaryoda YPX mashinasi piyodani urib yubordi
YHXB piyodaning ahvoli haqida maʼlumot berdi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida yo‘l-patrul xizmati xodimi piyodani urib yubordi.
Hodisa 28 fevral kuni soat 19:05 larda Denov tumani “Istiqbol” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108V avtomobil yo‘lining 9-kilometrida sodir bo‘lgan.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘linmalari saf bo‘linmalari yo‘l-patrul xizmati batalyoni mobil qurilmalaridan foydalanish guruhi haydovchi-operatori safdor Azizjon Qurbonaliyev boshqaruvida bo‘lgan Sobalt avtomobili yo‘lning belgilanmagan joyidan — o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan 2006 yilda tug‘ilgan, 11-sinf o‘quvchisi E.J.ni turtib yuborgan.
Oqibatda piyoda bosh miya chayqalishi tashxisi bilan Denov tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda uning sog‘lig‘i yaxshi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







