YUNESKO Buxorodagi park qurilishiga munosabat bildirdi
Tashkilot bu qurilishdan xavotirda ekanini yozgan.

YUNESKO Buxorodagi park qurilishiga munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, YUNESKO Buxorodagi Butunjahon madaniy merosi obyektlarining bufer zonasida qurilishlar rejasiga nisbatan jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan xavotirlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Shuningdek, O‘zbekistondagi mutasaddilar Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyasiga binoan bo‘yniga olgan majburiyatlarini bajarishiga umid qilishi aytildi.
YUNESKO yodgorliklarining bufer zonasida ko‘p qavatli binolar, anʼanaviy balandlikdan oshib ketadigan yangi binolar hamda sanoat obyektlarini qurish, tashqi reklama va kichik meʼmoriy shakllarni joylashtirish taqiqlanadi.







