Nikki Xeyli Vashingtondagi praymerizida Tramni mag‘lub etdi
U 62,9 foiz, raqibi — AQSH sobiq prezidenti esa 33,2 foiz ovoz to‘pladi.

AQSH prezidentligiga nomzod Nikki Xeyli 3 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Respublikachilar partiyasining praymerizlarida g‘alaba qozondi.
"Nikki Xeyli AQSH tarixida respublikachilar praymerizlarida g‘alaba qozongan birinchi ayolga aylandi", — deya taʼkidladi Xeylining saylovoldi shtabi vakili Oliviya Peres-Kubas.
Edison Research tahlilchilariga ko‘ra, bu g‘alaba ramziydir, Xeylining respublikachi nomzod bo‘lish ehtimoli "deyarli imkonsiz" bo‘lib qolmoqda. Respublikachilar orasida yaqqol favorit — Tramp partiyaning barcha oldingi kokuslari va praymerizlarida, shu jumladan Xeyli vatani Janubiy Karolina shtatida ham ko‘pchilikning qo‘llab-quvvatlashiga erishdi.
AQSH saylov kampaniyasidagi navbatdagi katta voqea 5 mart kuni "superseshanba" deb ataladigan kun bo‘ladi, bunda partiya praymerizlari bir vaqtning o‘zida 15 shtat va bitta dengizorti hududida bo‘lib o‘tadi. "superseshanba" natijalari Xeyli va Tramp o‘rtasidagi qarama-qarshilikda hal qiluvchi bo‘lishi mumkin – agar sobiq prezident ushbu tadbirlarda yagona raqibini mag‘lub etsa, 20 martgacha u respublikachilar partiyasi ichki kurashida to‘liq g‘alaba qozonganini eʼlon qilishi mumkin bo‘ladi.







