Iqtisodiyot

O‘zbekiston Koreyaga volfram konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya geologiya sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilmoqda.

O‘zbekiston Koreyaga volfram konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi

 

O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar instituti prezidenti Li Pyong Kuni qabul qildi.

 

“Dunyo” xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar birgalikda geologik tadqiqotlar olib borish orqali hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyihani amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

 

 

Janubiy Koreya tomoni joriy yilda O‘zbekistonda mineral resurslar va geologik ofatlar sohasida loyiha boshlanganini eʼlon qildi. Ushbu loyiha Janubiy Koreya hukumatining 8 million dollargacha bo‘lgan grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan loyiha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, asosiy texnologiyalarni joriy etish va o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirishni qamrab oladi.

 

Janubiy Koreya tomoniga O‘zbekistondagi volfram konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish taklif etildi.

 

Li Pyong Ku, shuningdek, joriy yilning 5 mart kuni Seul shahrida Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar institutining xalqaro forumi bo‘lib o‘tayotganini bildirdi. U mazkur tadbirda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining ikki vakili taqdimot bilan ishtirok etishini maʼlum qildi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"