O'zbekiston

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahromjon Haydarov qamoqxonada vafot etdi

U jinoiy sheriklari bilan 48 milliard so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Andijon shahrining sobiq hokimi Bahromjon Haydarov qamoqxonada vafot etdi

 

2019 yil 8 oktyabrdan Andijon shahar hokimi lavozimiga rasman kirishgan Bahromjon Haydarov 2022 yilning iyun oyida jinoyat qilganlikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangandi.

 

Haydarov viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan vaqtda sheriklari bilan 48 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgan. Tergov ishi doirasida 37 nafar shaxsga nisbatan ayblov eʼlon qilinib, ularning 32 nafari qamoqqa olingan.

 

Shuningdek, Bahromjon Haydarov hokim sifatida ham yer ajratish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga 1,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirgani maʼlum qilingandi.  

 

Avvalroq sud hukmi bilan sobiq hokimga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

 

Bahromjon Haydarov 1972 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida tug‘ilgan, 1995 yil Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini (sirtqi), 1998 yil O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasini (kunduzgi) tamomlagan.

 

1994 yilda Andijon viloyati hokimligi moliya boshqarmasida ish boshlagan Bahromjon Haydarov 2017-2019 yillarda boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

 

Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha maʼlum emas.

 

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

12 nafar bloger reklama qonunchiligini buzgan: ularga ma’muriy chora qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasi monitoringida 110 nafar blogerning sahifalari kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘zbekistonda bankomatlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

O‘tgan yili mamlakatga 9 mingta bankomat import qilingan.

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

“Mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam”: Prezident elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish zarurligini ta’kidladi

So'ngi o‘n yilda elektrotexnika sanoatida 413 ta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi va 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatchilikni oldindan prognoz qilish tizimi joriy etiladi: dastlab qayerda sinovdan o‘tadi?

Jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va ko‘rilgan choralar natijalari yagona elektron platformada nazorat qilinadi.

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Noyabrda 30 darajagacha issiq: O‘zbekistonning uchta hududida harorat rekordlari yangilandi

Navoiyda havo 30 darajagacha, Buxoroda esa 30,6 darajagacha isidi.

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Ziyoratchilarni aldab pul olish: noqonuniy “Umra” safarini tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Samarqand va Gulistonda tegishli ruxsatnomasiz safarlarini tashkil etishga uringan shaxslarga chora ko‘rildi.

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Toshkentda O’zbekiston-Rossiya media forumi boshlandi

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi media hamkorlik, raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi masalalari muhokama qilinmoqda.

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Rektorlarga ogohlantirish berdim, ammo hech birini ishdan olmadim — Erkinjon Turdimov

Ta’lim va fan vaziri 5 nafar rektorning ishdan olingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.