O'zbekiston

Andijon shahrining sobiq hokimining vafoti ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Bahrom Haydarovning o‘limi holati Ombudsman tomonidan o‘rganildi

Andijon shahrining sobiq hokimining vafoti ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

 

10 yil muddatga ozodlikda mahrum etilgan Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarovning jazoni ijro etish muassasasidagi vafoti ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, marhum B.Haydarov respublikada yagona hisoblanuvchi mahkumlarni davolashga mo‘ljallangan Toshkent shahrida joylashgan 23-son Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonada jazo muddatini o‘tayotgan, yaʼni davolanayotgan bo‘lgan.

 

Ushbu kasalxona mingdan ortiq mahkumni davolashga ixtisoslashgan bo‘lib, 200 ga yaqin shifokor va feldsherlar xizmat olib boradi. Mazkur muassasa mahkumlarni davolashga ixtisoslashgan respublikadagi yagona kasalxona bo‘lganligi uchun zaruriy va zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatchilik guruhlari tomonidan mazkur kasalxonaga monitoring tashriflari amalga oshirib kelingan, kasalxona hududida o‘rnatilgan «Ombudsman qutisi»ga kelib tushgan murojaatlar doimo ish yurituviga olingan.

 

Kasalxona tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, marhum B.Haydarov «Yurak ishemik kasalligi zo‘riqish stenokardiyasi FS-III, IKKS (2022 yil mart). Koronar qon tomirlar stentlash operatsiyasidan keyingi holat (2022 yil aprel). Gipertoniya kasalligi III bosqich. Arterial gipertenziya-III. Xavf-IV (O‘ta yuqori)» tashxisi bilan 2024 yil 5 mart kuni soat 00:15larda kasalxonaning terapiya bo‘linmasida vafot etgan.

 

Ushbu holat haqida kasalxona rahbariyati tomonidan maxsus prokurorga va Jazoni ijro etish departamentiga maʼlumot hamda marhumning yaqin qarindoshlariga xabar berilgan. Maxsus prokuratura tomonidan sud-tibbiy ekspertlar jalb qilingan holda tekshiruv o‘tkazilgan. Shu kuni soat 8:30larda marhumning jasadi o‘g‘li va qudasi tomonidan olib ketilgan.

 

«Shu kuniyoq Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari va yaqinlari bilan suhbatlashdi.

 

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi  Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) axborot xizmati xabarida.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.