Britaniya kompaniyalari 4 kunlik ish haftasiga o‘tdi
Eksperimental loyihada 61 ta muassasa ishtirok etmoqda.

Loyihadagi tashkilotlarning 89 foizi kamroq ishlab, biroz dam olish mumkinligiga ishonchi komil.
Xodimlar to‘liq maosh oldi. Ular stressdan qutulib, ishga ishtiyoqi ortdi. Natijada, tadbirkorlarning daromadi ikki barobar oshdi. Har ikkinchi firma, yaʼni 51 foiz, tajriba tugagandan so‘ng doimiy ravishda 4 kunlik jadvalga o‘tdi. Ish beruvchilarning taʼkidlashicha, vaqtni tejagan xodimlar o‘z oilasi va shaxsiy kamolotiga eʼtibor qaratgan, mehnat unumdorligini oshirgan.
“Sog‘lig‘i tufayli taʼtilga chiqayotganlar soni kamaydi. Agar ilgari oddiy xodim yiliga 4-5 marta kasal bo‘lgan bo‘lsa, endi u atigi 1-2 kun kasal bo‘lgan. Natijalardan xursandmiz”, — dedi Qirollik biologiya jamiyati bosh direktori Mark Dauns.







