Tadbirkor murojaatiga bepisand qaragan mansabdor javobgarlikka tortildi
Biznes-Ombudsmanning maʼlum qilishicha, tadbirkorning murojaati o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan.

Biznes-Ombudsmanga Kosonsoy tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor “Teks-L” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbari murojaat qilib, o‘z murojaatida jamiyatga gaz taʼminoti filiali tomonidan tabiiy gaz uchun limit ajratib berilmayotgani hamda shartnoma rasmiylashtirib berilmaganligini bayon qilgan.
Tadbirkor murojaati Biznes-Ombudsman masʼul xodimlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, gaz taʼminoti filiali tomonidan tabiiy gaz limitlari doirasida tadbirkor bilan gaz yetkazib berish va qabul qilish shartnomasi tuzilishi taʼminlandi.
Shuningdek, tadbirkorning tabiiy gaz limiti ajratish va shartnoma tuzish to‘g‘risidagi murojaatini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaganligi sababli “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan maʼmuriy javobgarlik belgilanib, tadbirkor huquqlari tiklanishiga ko‘maklashildi.







