O'zbekiston

Endi mashinalarda “qizil”, “sariq” yoki “yashil” ekologik stikerlar bo‘ladi

Bu qanday ishlaydi?

Endi mashinalarda “qizil”, “sariq” yoki “yashil” ekologik stikerlar bo‘ladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

 

So‘nggi vaqtlarda ekologik muammolar, ayniqsa havo tozaligi keng jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Ekologik xavfsizlik talablariga javob bermaydigan avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar va yo‘llardagi tirbandliklar buning asosiy sabablaridan biridir. Shu bois davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

 

 

Jumladan, avtotransport vositalarining zararli tashlanmalari bilan bog‘liq ekologik muammolarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahri Mirobod tumani Fayzobod mahallasida joylashgan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi mutlaqo yangi uslubda ishlovchi zamonaviy diagnostika markaziga aylantirildi.

 

Davlatimiz rahbari markaz faoliyati bilan tanishdi.

 

 

Markaz faoliyatini tashkil etishda Germaniya, Belgiya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlar shaharlarining ekologik muhitini muhofaza qilish sohasidagi ilg‘or tajriba inobatga olingan.

 

Bu yerda transport vositalariga davlat raqam belgisi biriktirish va qayd etish guvohnomasini topshirish jarayoni turli byurokratik to‘siqlar va ovoragarchilikdan xoli qilingan, inson omili minimal darajaga tushirilgan. Avval avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni olti-yetti bosqichda amalga oshirilgan bo‘lsa, hozirda bosqichlar soni uchtaga qisqardi.

 

 

Asosiysi, endilikda markazda avtomobildan chiqayotgan zararli moddalar miqdori tekshiriladi va ekologik tekshiruv natijasidan kelib chiqib RFID chip o‘rnatilgan “qizil”, “sariq” yoki “yashil” yorliq (stiker) mashinaning old oynasiga yopishtiriladi.

 

Kelgusida joriy ekologik vaziyatdan kelib chiqib, shahar hududi bir nechta ekologik zonalarga ajratiladi va transport vositalarining havoga chiqarayotgan zararli moddalari darajasiga ko‘ra, yaʼni stiker rangiga qarab, ayrim ekologik zonalarga kirishni bosqichma-bosqich cheklash taklif etilmoqda. Bunda ekologik zonalarga ruxsat etilmagan transport vositalarining kirishi avtomatlashtirilgan holda nazorat qilinadi. Qoidabuzarlik natijasida kelib tushayotgan jarimalar hududning ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

 

 

Tizim to‘laqonli ishlashi uchun mamlakat bo‘ylab 100 ga yaqin havoni monitoring qilish avtomatik stansiyalari o‘rnatilishi, transport vositalarining atmosferaga chiqarayotgan zarari darajasini baholash uchun 84 ta ro‘yxatga olish-diagnostika markazlarini, shuningdek, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 216 ta hududiy tuman bo‘linmalarini zamonaviy diagnostika uskunalari bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.

 

O‘z navbatida aholi uchun elektromobillarni xarid qilishni rag‘batlantirish, shu jumladan, bunday toifadagi avtomobillar uchun davlat raqamlarini berishda undiriladigan to‘lov miqdorlarini kamaytirish yuzasidan aniq amaliy choralar ko‘riladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.