Samarqandda MCHJ rahbari 500 mln kreditni “uxlatdi”
Hozirda unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida 500 mln so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Z.” MCHJ rahbari N.B. hududdagi 15 ta xonadonda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish hamda ularning bandligini taʼminlash maqsadida tijorat banki filialidan ajratilgan 500 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan uskuna va xom-ashyolarni boshqa shaxslarga sotib yuborib, ushbu mablag‘larni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







